* Umar ibn Xattobdan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Albatta, amallar niyat bilandir. Har bir kishi niyat qiluvchidir. Kimning hijrati Alloh va rasuli uchun bo’lsa, bas, Alloh va rasuli uchun hijrat qilibdi. Kimning hijrati dunyoga yetishish yoki xotinga uylanish uchun bo’lsa, uning hijrati o’sha narsaga bo’libdi».
* Rivoyat qilinishicha, bani Isroillik bir ayol Muso alayhissalom huzurlariga kelib: «Ey Allohning elchisi, men ulkan gunoh qilib qo’yib, so’ng bu gunohimdan Alloh taologa tavba qildim. Allohdan tavbamni qabul qilib, gunohimni mag’firat etishini so’rab duo qiling», dedi. Muso alayhissalom undan: «Nima gunoh qilding?» deb so’ragan edi, u: «Ey Allohning payg’ambari, men zino qilib, bola tug’dim-da, so’ng uni o’ldirdim», dedi. Shunda Muso unga: «Chiq bu yerdan, ey fojira! Yana kafosating tufayli osmondan olov tushib, bizni yondirib yubormasin», dedi. Ayol payg’ambar huzuridan qalbi o’ksigan holda chiqib ketdi. Jabroil alayhissalom tushib: «Ey Muso, Alloh taolo: «Nima uchun tavba qilgan ayolni qaytarib yubording? Undan ko’ra yomonroq kimsa borligini bilmaysanmi?» deyapti», dedi. Muso alayhissalom: «Ey Jabroil, undan ham yomonroq kimsa kim?» deb so’ragan edi, «Namozni qasddan tark etgan kishi», deb javob berdi
* Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki bizning ishimizda yangilik qilsa, bu undan bo’lmasa, bas, u rad qilingandir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari
* Nu’mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta halol ochiq-ravshan. Albatta harom ochiq-ravshan. Uning o’rtasida shubhali narsalar bo’lib, uni ko’p insonlar bilishmaydi. Kimki shubhadan taqvo qilsa, dini va obro’sini soflabdi. Kimki shubhaga voqe’ bo’lsa, haromga yo’liqibdi. Rioya qiluvchi qo’riqxona atrofiga borib, uning ichiga kirib qolishi mumkin. Har bir podshohning qo’riqxonasi bor. Ogoh bo’ling, Allohning qo’riqxonasi U harom qilgan narsalardir. Ogoh bo’ling, jasadda bir parcha go’sht bor. Agar u isloh bo’lsa, jasadning barchasi isloh bo’ladi. Agar u fasod bo’lsa, jasadning barchasi fasod bo’ladi. U ham bo’lsa qalbdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari
* Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz onasi qornida ekanida qirq kun maniy holatida xalq qilinishi jamlanadi. So’ngra quyuq qon bo’lib, o’sha kabi xalq qilinishi jamlanadi. So’ngra parcha go’sht bo’lib, o’sha kabi xalq qilinishi jamlanadi. So’ngra farishta yuborilib, unga ruh puflaydi. Va to’rt kalima, ya’ni rizqi, ajali, amali, baxtli yoki baxtsizligini yozish buyuriladi. Undan boshqa iloh yo’q bo’lgan Zot ila qasamki, sizlardan biringiz jannat ahlining amalini qiladi. Hattoki, u bilan jannat orasida bir gaz (o’lchov) qoladi. Bas, uning o’sha yozilgan kitobi ilgarilaydi-da, u do’zax ahlining amalini qilib, do’zaxga kirib ketadi. Sizlardan biringiz do’zax ahlining amalini qiladi-da, hattoki u bilan do’zax orasida bir gaz qoladi. Bas, uning kitobi ilgarilaydi-da, u jannat ahli amalini qilib, jannatga kirib ketadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib, «Menga vasiyat qiling», dedi. Shunda u zot: «g’azab qilma», deb bir necha bor qaytardilar. Va yana «g’azab qilma», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

salom shunday hadislarni internet sahifalarida juda ham ko’payaverishini hohlayman (barcha tillarda) sizlarni iahlaringizga rivoj tilayman.
salom ishlaringizga rivoj!!!!!!
Bunaqa Hadislarni siz Islom.uz, Sofislom.com, muslimaat.uz saytlaridan olishingiz mumkin
sizlardan bir iltimos til haqida ham hadislar yozsangiz yoki shu narsani qayerdan olish mumkinligini aytsangiz!
assalam alaykum
kamola til deganda nimani nazarda tutdiz
till azo yoki bulmamasa language mi?
aniqroq etsez inshaallah topishga harakt qilaman