Abu Bakr Siddiqning o’gitlari
“Men ham siz kabi bir odamman. Bilmadim, balki Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, bajara olgan xizmatni menga ham taklif qilarsiz. Vaholanki, Alloh taolo Muhammadni, alayhissalom, butun olamlardan afzal qildi va uni balo-ofatlardan asradi. Men esa tobeman. O’z bilganimcha harakat qilishga haqqim yo’q.
To’g’ri harakat qilsam, menga ergashing. To’g’ri yo’ldan chiqsam, meni to’g’ri yo’lga solib qo’ying. Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, vafot etayotganlarida ummatlaridan hech kimda bir cho’p zarrasi qadar ham haqlari qolmagan edi. Mening esa vaqt-vaqti bilan paydo bo’ladigan bir shaytonim bor. U kelganida mendan uzoqroq turingki, nogahon sizni urib qo’ymayin yoxud soch-soqolingizni tortmayin.
Ey insonlar! Siz qay zamon tugashi sizga noma’lum bir umr ichida kun va tunlaringizni o’tkazmoqdasiz. Agar qo’lingizdan kelsa, bu hayotingizni solih amallar bilan o’tkazing. Buni ham faqat Alloh taoloning yordami bilan amalga oshira olasiz. Ajalingiz sizdan ishlash fursatini olib qo’ymasdan turib, imkoniyatlaringizni ishga solib, xayrli amallarga shoshiling. Zero, ajallarini unutgan, amallarini boshqalarga tashlagan kimsalar ham bordir. Zinhor ular kabi bo’lmang. Tezroq bo’ling, Haflatda qolmang. Chunki orqangizdan sizga yetishmoq uchun tez kelayotgan ajalingiz bor. O’limdan qo’rqing, otalardan, o’g’illardan, aka-ukalardan ibrat oling. Yashayotgan kishilarga emas, o’lganidan so’ng ular ortda qoldirayotgan go’zal narsalarga havas qiling…”
Abdulloh ibn Abbosning o’gitlari
— Ey gunoh ish qilgan kishi! Qilgan gunohingdan keyingi yomon oqibatdan amin bo’lma. Hech bir gunoh yo’qki, uni qilganingdan so’ng yanada kattasi orqasidan kelmasin. Zero, gunoh qilayotganingda o’ng va chap tomondagi farishtalardan uyalmasliging, sodir etgan gunohingdan kattaroqdir.
Alloh taolo sen haqingda qanday hukm chiqarishini bilmay turib, kulishing qilgan gunohingdan ham kattaroq gunohdir. Fursatni qo’ldan boy berib, qilolmay qolgan bir gunoh ish uchun xafa bo’lishing gunohdan ko’ra kattaroqdir. Gunoh ish qilayotganingda Alloh seni ko’rib turgani holda, qalbing cho’chib-titramasdan, shamolning eshik pardasini shitirlatishidan qo’rqishing sodir etgan gunohingdan kattaroqdir.
Xudo xayringni bergur, bilasanmi, Alloh subhanahu va taolo Ayyubning, alayhissalom, qay ishi uchun shunday ko’p sarvatini oldi va kasalliklarga duchor etdi? Bir bechora bir zolim qo’lidan qutulmoq uchun uning huzuriga keldi. Ayyub, alayhissalom, esa, unga yordam bermadi va (himoyaga muhtoj) u kimsani zolimning zulmidan himoya qilmadi. Ittifoqo, Alloh ul zotni u katta musibatlarga duchor qildi.
Hazrati Umarning o’gitlari
“Shu yulduzlar ilmidan sizga quruqlik va suv qoronHuliklarida yo’l ko’rsatuvchi bo’ladigan darajada, tarix ilmidan esa xalqaro munosabatlardan xabardor etadigan miqdorda o’rganingiz.
Qur’onga Hilof, ilmga manba bo’ling. Allohdan kunlik rizqingizni so’rang.
Gunohlariga pushaymon qiladiganlar bilan oshno bo’ling. Zero, ularning qalbi har narsadan yupqadir.
Allohdan qo’rqqan kimsa jahl qilmaydi va xohlagan har ishini bajaravermaydi. Agar oxirat bo’lmasa edi, dunyoni bu tarzda ko’rmas edingiz.
Haqdan ayrilmangki, sizga haq egalarining joyi ko’rsatilgay. Har doim faqat haqiqat bilan hukm eting…»
Usmon ibn Affonning o’gitlari
Badr ibn Usmon, roziyallohu anhu, amakilaridan rivoyat qiladi:
“Usmon ibn Affon, roziyallohu anhu, xalifa etib saylangach, masjidga chiqdi. Nihoyatda xafahol va yuzlari so’lHin edi. Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, minbarlariga chiqib, Allohga hamd, Payg’ambarimizga salovot aytgach, shunday dedi:
— Siz o’tkinchi bir hayot uyidasiz va umringizning qolgan qismi ham o’tishini kutmoqdasiz. Shu holda hanuz o’lim kelmay turib, ishlarning eng afzalini qilib olishga shoshiling. Bir qarabsizki, kutilmagan bir soatda ushlanib qolasiz. Unutmangki, bu dunyo yolg’on va aldov ustiga bino bo’lgan.
“Bas, sizlarni dunyo hayoti sira aldab qo’ymasin va sizlarni aldamchi (shayton) Alloh (kechiraveradi, degan aldov) bilan aldab qo’ymasin” (Luqmon, 33, mazmuni).
Sizdan avval o’tgan kimsalarning holidan ibrat oling. So’ng sa’y-harakat qiling va Haflatda qolmang. Zero, siz Haflatga tushib qolsangiz hamki, ishlaringizni hisob-kitob qilishda sira Haflatga tushilmaydi. Dunyoda ekinlar ekib-o’rgan, baland koshonalar qurgan va uzoq vaqt zavqu safo surgan dunyoning o’g’illari, birodarlari bugun qaerda? Dunyo ularni yutib yubormadimi? Jalil Alloh dunyoga naqadar ahamiyat bermaganidek, siz ham shunday unga berilmang. Oxirat uchun harakat qiling. Alloh subqanahu va taolo dunyo hayoti haqida shunday tamsil qilgan: “(Ey Muhammad, odamlarga) dunyo hayoti misolini keltiring. (U) xuddi suv kabidirki, Biz uni osmondan yog’dirgach, (bahorda) u sababli yer o’simliklari (bir-biriga) aralashib (qalinlashib) ketur, so’ngra (kuzda) shamollar uchirib ketadigan xashakka aylanib qolur”.
Abu Umomaning o’gitlari
Sulaym ibn Omirdan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi: “Abu Umoma bilan Shomda bir dafn marosimida birga edik. Janoza o’qilgach, mayyitni ko’ma boshladilar. Shunda Abu Umoma al-Balxiy baland ovozda dedilar:
— Ey insonlar! Bugun siz yaxshilik va yomonliklar ajratib olinayotgan hayot uyida yashamoqdasiz. Va (qabrni ko’rsatib) juda yaqin bir kunda boshqa uyga, mana bunday qabrga ko’chib o’tishga majbursiz. Bu qabr yolg’izlik, qoronHulik uyidir, bo’rilar uyidir, siqilish va tanglik-qiyinchilik uyidir.
Bu yerdan esa qiyomatning mushkul, qiynoqli maydonlaridan biriga o’tasiz va u yerda Allohning amri kelguniga qadar ushlanib turilasiz. Bu uzoq kutish asnosida bir necha yuzlar oqaradi, bir qanchasi esa qorayadi. Shundan so’ng yana boshqa bir maydonga ketasiz. U yerda sizni qoronHu zulmat bosadi. Keyin nur tarqatiladi. Bu nur faqat mo’minlarga beriladi, kofir va munofiqlar bu nurdan benasibdirlar. Alloh subhanahu va taoloning Kitobidagi: “Yoki (kofirlarning qilgan amallari) ustma-ust to’lqin va uning ustida (qora) bulut qoplab olgan dengizdagi zulmatlarga o’xshaydi. (Ular) ustma-ust zulmatlardir: qo’lini chiqarib (qarasa) uni ko’ra olmas. Kimga Alloh nur (omonlik) bermasa, bas, uning (uchun) hech qanday nur yo’qdir” (Nur, 40, mazmuni) oyati karimasi bunga ishora etmoqda. U kun xuddi ko’r kimsa ko’zi ko’radigan kishining ko’zidan foydalanolmagani kabi kofir va munofiq kimsalar mo’minning nuridan foydalana olmaydilar. U kun erkak va ayol munofiqlar mo’minlarga: “Bizga qaranglar, biz ham sizlarning nuringizdan ozgina olib foydalanaylik”, — deydilar. (Ularga): “Ortingizga qaytib nur istangizlar”, deyilur” (Hadid, 13, mazmuni), Holbuki, bu munofiqlar aldanishlari uchun bir hiyladir. Shundan so’ng munofiqlar nur tarqatilgan joyga qaytib kelsalar ham, u yerda hech narsa topa olmaslar va yana bir bor qaytayotganlarida: “So’ng ular bilan mo’minlar o’rtasida darvozali bir devor urilurki, uning ichida rahmat, tashqarisida esa azob (do’zax) bo’lur” (Hadid, 13, mazmuni).
Utba ibn G’azvonning o’gitlari
Xolid ibn Umayr al-Aviydan rivoyat qilinadi: “Utba ibn G’azvon, roziyallohu anhu, Basrada hokim bo’lganida bizga bir xutba o’qidi. Allohga hamd va sanodan so’ng shunday dedi:
«Ey insonlar! Dunyo bizdan ayrilmoqchi ekanini xabar bermoqda va bizdan yuzini burib tezlik bilan uzoqlashmoqda. Bizga bu dunyomizdan, bir kosa suv ichilgach, idishning tagida qoladigan bor-yo’g'i bir tomchi kabi narsa qolgan, xolos. Siz bu dunyodan so’ngsiz bir hayotga o’tish arafasidasiz. Shunday ekan, qo’lingizda eng xayrli narsa nima bo’lsa, o’shani o’zingiz bilan olib ketishga Hayrat qiling. Bizga xabar berilishicha, jahannam shunchalar chuqurki, uning ichiga bir tosh otilsa, yetmish yilda ham tubiga yetib bormaydi.
Allohga qasamki, bu so’ngsiz bo’shliq insonlar bilan to’lajakdir. Bunga hayron bo’lyapsizmi?
Bizga tushuntirishlaricha, jannat eshigining ikki pallasi orasi qirq yillik masofadir. Kun kelib, insonlar ana shu joyda qisilib qolishadi. Eslashimcha, yetti kishi hamisha Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, yonlarida qolardi. Men ham ulardan biri edim. Daraxt yaproqlaridan boshqa ozuqamiz yo’q edi. Yaproq yeyaverganimizdan lab-lunjlarimiz tars-tars yorilar edi. Kunlardan bir kun bir sholcha topib oldim. Uni Sa’d ibn Molik ikkimiz bo’lishib, kiyim qildik.
Bugun esa har birimiz bir o’lkaning hokimlarimiz. O’zimizcha buyuk, Alloh nazdida esa kichik bo’lib qolishdan Alloh taoloning panoh berishini tilayman”.
Muoz ibn Jabalning o’gitlari
Muhammad ibn Siriyndan rivoyat qilinadi:
“Bir odam Muoz ibn Jabalning, roziyallohu anhu, yoniga keldi. Muoz ibn Jabal mehmonlarini kuzatayotgan ekan. Kelgan odamga shunday dedi: “Senga ikki narsani tavsiya etaman. Shuni bilgin, dunyodagi ulushing seni albatta qidirib topadi. Sen undan ko’ra oxiratdagi ulushingga muhtojroqsan. Binobarin, sen oxiratdagi ulushingni tanla. Qaerga borsang ham oxiratdagi ulushingni talab qil.
o’g'lim! Namozingni hayot bilan vidolashayotgan kishi kabi o’qi! Yana bir bor o’qiy olishingni o’ylama. Shuni bilgin, mo’min kishi biri bajargan va biri ortda qolgan ikki yaxshilik o’rtasida o’ladi.
Ro’za (nafl ro’za) tut, biroq oralatib tut. Namoz (nafl namoz) o’qi, biroq uyqu uchun ham vaqt ajrat. Rizqing uchun harakat qil, ammo rizq topaman deb to’g'rilikdan ayrilma va musulmon holda o’lishga intil. Mazlumning badduosidan saqlan.
Kimda shu uch narsa bo’lsa, Allohning Hazabiga uchraydi: noo’rin (sababsiz) kulmoq, istaksiz uxlamoq va ochiqmay turib ovqat yemoq.
Ochlik va qiyinchilik fitnasi bilan imtihon qilindingiz, sabr etdingiz. Mo’l-ko’lchilik fitnasi bilan ham sinalursizlar. Men sizning ayollar fitnasiga uchishingizdan ko’proq xavotirdaman. Ular oltin va kumush bilaguzuklar taqib, Shom va Yamanning yupqa, bezakvor ko’ylaklarini kiyib, boyni charchatib qo’yurlar, kambag’alni esa topolmagan narsalarini topishga majbur eturlar».
Abu ad-Dardo o’gitlari
- Sen olim, yo o’rganuvchi yoki unga quloq tutuvchi bo’l. Lekin to’rtinchisi bo’lmagilki, halokatga yuz tutasan.
- Kim ilm o’rganishga chiqish jihod emas, desa, uning aqli va fikrida noqislik bor ekan.
- Mo’minning tanasida tilchalik Alloh sevgan parcha et yo’qdir. Alloh mo’minni tili tufayli jannatga kiritadi. Kofirning vujudida tilchalik Allohga yoqimsiz parcha et yo’qdir. Alloh taolo kofirni tili tufayli do’zaxga tashlaydi.
- Boy birodarlarimizga adolat qilmadik. Ular yeydilar, biz ham yeymiz. Ular ichadilar, biz ham ichamiz. Ular qiynaladilar, biz ham qiynalamiz. Ularning ko’p mollari bor, unga qarashadi, biz ham ular bilan birga u mollarga qaraymiz. Ular hisob berishadi, ammo biz hisob berishdan ozodmiz.
Abdulloh ibn Abbos o’gitlari
- Kechaning bir qismida ilm muzokarasi bilan mashg’ul bo’lish menga kechani butunlay bedor o’tkazishdan mahbubroqdir.
- Sulaymon alayhissalomga yo ilmni yoki mol-dunyoni tanlash ixtiyori berildi. Shunda u zot ilmni tanladilar. Keyin u kishiga mol-mulk ham ato etildi.
- Ilm olishda qiynaldim, bir oz xorlandim, tilagim hosil bo’lgach, azizu mukarram bo’ldim.
- Insonlarga yaxshilikni o’rgatuvchi muallim haqqiga barcha narsalar, hatto dengizdagi baliqlar istig’for aytadi.
- Nujum ilmiga ergashmanglar, chunki u sehr va folbinlikka olib boradi.
- Kim bir namozni ataylab tark etsa, Allohga g’azablanib turgan holida yo’liqadi
Anas ibn Molik o’gitlari
- Kishi tilini tiymagunicha Allohga haqiqiy taqvo qila olmaydi.
- Banda tilini asramasa, taqvodor bo’lolmaydi.
- Badbaxtlik to’rttadir: ko’zning quruqligi, qalbning qattiqligi, orzu-havasning uzunligi, dunyoga hirs qo’yish.
- Mehmon kirmagan uyga farishtalar ham kirmaydi.

Sahobalar haqida http://www.sofislom.com sahifasidan fayllar yuklab oling
As-salom alaikum.
Sahoba va salaflarning izlaridan yurish bizga ham nasib qilsin.
Alloh dini Islomda mahkam qilsin.